ICCR stipendiya dasturi 2018-2019

Hindiston elchixonasi hamda Hindiston madaniyat markazi tomonidan O‘zbekiston talabalari uchun 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan stipendiya dasturi elon qilindi. Mazkur stipendiya dasturida O‘zbekiston talabalari uchun 20 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, u ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan.

Loyihada ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Arizalarni onlayn tarzda 09.02.2018 yilgacha topshirish;
  • Arizaning barcha punktlarini to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirish;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish;
  • Nomzod onlayn tanlash yo‘li orqali o‘zi istagan kursni to‘liq ko‘rsatishi;
  • U ta’lim olishni istagan universitetining ICCR (Hindiston madaniy aloqalar kengashi) dasturida mavjud bo‘lishi; (http://iccr.gov.in/sites/default/files/University_List_GCSS%281%29.pdf)
  • Tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani onlayn shaklda taqdim etish;
  • Doktorantura kurslariga topshiruvchi nomzodlar ariza bilan birgalikda ilmiy ishi to‘g‘risidagi malumotni (synopsis) ham ilova qilish;
  • Fizika, matematika va kimyo fanlari bo‘yicha yuqori layoqatga ega bo‘lish;
  • 18 yoshdan yuqori bo‘lish;

 

Saralash bosqichi Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xuzuridagi  madaniyati markazida imtihon asosida o‘tkaziladi.

ICCR stipendiya dasturi bilan bog‘liq (yo‘l xarajatlaridan tashqari)   barcha (o‘quv mashg‘ulotlari, yashash va oziq-ovqat) harajatlar Hindiston tomonidan  qoplanadi.

ICCR stipendiya dasturida qatnashish uchun 2018 yil 09 fevralgacha ro‘yxatdan o‘tish hamda barcha kerakli anketalarni quyidagi veb-sahifalar orqali to‘ldirish talab qilinadi: www.iccr.gov.in yoki http://a2ascholarships.iccr.gov.in

 

TIQXMMI Xalqaro aloqalar bo‘limi