“O‘zbekiston zamini” ilmiy-ishlab chiqarish jurnalida maqola chop eting
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutida “O‘zbekiston zamini” jurnali (Ixtisosligi: Yer tuzish, yer monitoringi, yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish, geodeziya va kartografiya, kadastr, tuproqshunoslik ilmiy-amaliy va innovatsion nashr) tashkil etilganligi munosabati bilan, mazkur jurnal yilning har choragida chop etilishini hisobga olgan holda, Siz rahbarlik qilayotgan muassasa xodimlarining yer munosabatlari bilan bog‘liq mavzulardagi fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion ishlanmalariga doir ilmiy maqolalar taqdim etishlari mumkinligini bildiradi.
“O‘zbekiston zamini” ilmiy-ishlab chiqarish jurnalida maqola chop etish uchun qo‘yiladigan
TALABLAR
“O‘zbekiston zamini” ilmiy-ishlab chiqarish jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan PhD tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi.
- Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “O‘zbekiston zamini” ilmiy-ishlab chiqarish jurnalining rukniga mos kelishi shart.
- Maqola xalqaro andozalar talab doirasidagi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Maqola mavzusi (Title)
- Maqola muallif(lar)i to‘g‘risida ma’lumot (information about the author)
- Maqola annotatsiyasi (Abstract)
- Kalit so‘zlar (Key words)
- Kirish (Introduction)
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review)
- Tadqiqot metodologiyasi (Research methodology)
- Tahlil va natijalar(Analysis and results)
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati (References)
Maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Yuborilgan maqolalarni barchasi “Antiplagiat” tizimida tekshiriladi
Jurnalda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy maqolalar e’lon qilinadi:
- Yer resurslaridan samarali foydalanish va boshqarish.
- Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi
- Geodeziya va kartografiya
- Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik
- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
- Agrokimyo. Tuproqshunoslik
- Mevachilik va uzumchilik. Sabzavotchilik
- O‘simlikshunoslik. O‘simliklarni himoya qilish.
- Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish muammolari
- O‘rmon xo‘jaligi
- Davlat kadastrlari
- Geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi
Maqolani rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar:
- Matn – Microsoft Word--2010.
- Maqola matnni chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastdan – 2 sm qoldiriladi.
- Shrift – Times New Roman.
- Maqola matni shriftining kattaligi – 14; Qatorlar oralig‘i (interval) – 1,5; Xat boshi (abzas) – 1,25.
- Muallifning ismi, familyasi, otasining ismi, ish joyi (o‘qish joyi), lavozimi, elektron pochta manzili haqidagi ma’lumot maqola yuqori qismining o‘ng tarafiga kichik harflarda, o‘zbek, rus, ingliz tillarida, kursiv (Shriftning kattaligi – 14. Qatorlar oralig‘i (interval) – 1) bilan yoziladi.
- Maqolaning nomi o‘zbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 14) – bosma harflarda markazda qo‘yiladi.
- Qisqacha annotatsiya o‘zbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 12. Qatorlar oralig‘i (interval) – 1) yozilishi lozim. So‘zlar soni 60-80 tani tashkil etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
- Kalit so‘zlar – (6 – 10 tadan kam bo‘lmagan) uch tilda o‘zbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
- Maqola mavzusiga mos UO‘T indeksi birinchi sahifaning chap burchagiga qo‘yiladi.
- Matndagi havolalar quyidagi tartibda shakllantiriladi; [1] yoki [2, C.170] yoki [3, C.132, 185, 193].
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida (Times New Roman; 12 shrift; 1.0 interval) ko‘rsatilishi lozim.
- Tayyor maqolaning hajmi 5 betdan kam bo‘lmasligi lozim.
- Nashr uchun tayyor maqola 2 nusxada ekspert xulosasi va elektron varianti bilan qabul qilinadi.
Maqolalar taqrizdan o‘tkaziladi. Maqolalar www.uzzamin.uz sayti orqali yoki uzbekiston zamini@umail.uz, uzbekiston zamini@mail.ru elektron pochta manzillariga yuboriladi. Qo‘shimcha axborotlarni +99894-647-87-35 telefon raqami orqali olish mumkin.
Tahririyat