Hurmatli institutimiz talabalari! “Rektor kutubxonasi” kitobxonlik tanlovi haqida biz oldin ham ma’lum qilgan edik . Tanlov davom etmoqda! Sizni tanlovning nizomi bilan yana bir bor tanishtirishni lozim topdik.

Hurmatli institutimiz talabalari! “Rektor kutubxonasi” kitobxonlik  tanlovi haqida biz oldin ham ma’lum qilgan edik . Tanlov davom etmoqda! Sizni tanlovning nizomi bilan yana bir bor tanishtirishni lozim topdik.  Institutimizning barcha talaba-yoshlari, insonni ma’naviy kamolot cho‘qqisiga chikaruvchi, komillikka yetaklovchi ushbu  kitobxonlik  tanlovida faol ishtirok etinglar!

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Rektor kutubxonasi”kitobxonlik  tanlovining

N I Z O M I

I.Umumiy qoidalar

1.1   Mazkur kitobxonlik tanlovi (keyingi o‘rinlarda “tanlov”,- deb yuritiladi)O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni  qaror toptirish, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bu yo‘nalishda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini amaliy ijrosini ta’minlash nihoyatda muxum ahamiyat kasb etmoqda, tanlov shu maqsadda tashkil etiladi.

1.2   Tanlov asosan TIQXMMIrektori tomonidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan va ro‘yhati yangilanib turiladigan  kitoblar  bo‘yicha o‘tkaziladi.

1.3Kitobxonlik tanlovini o‘tkazish jarayonini tashkillashtirish institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda institut kasaba uyushmasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi  tomonidan amalga oshiriladi.

II.Tanlovning maqsadi va vazifalari

2.1Tanlovning asosiy maqsad va vazifalariTIQXMMItahsil olayotgantalaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning barcha qatlamlarini kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini va intilishlarini qo‘llab quvvatlash, institutda kitobxonlik muhitini takomillashtirish.

2.2 Oliy talim muassasalarida talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida qaratilgan manaviy-marifiy ishlarning tasirchanligini oshirish, o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega istedodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.

2.3  Yosh avlodni har tamonlama yetuk, yuksak manaviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash.

2.4Talaba-yoshlarni ushbu kitobxonlik tanlovi orqali, ularning xayotida kitob o‘qish qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini yoshlar ongiga va keng jamoatchilikka yetkazish.

III.Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari

3.1Tanlov nizomiga asosan TIQXMMIda tahsil olayotgan talabalar 5 nafardan jamoalarga birlashgan holda ishtirok etadilar.

3.2 “Rektor kutubxonasi” kitobxonlik tanlovi ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchibosqich- saralash TIQXMMIdamavjud fakultetlarda jamoalar  o‘rtasidao‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich-institut bosqichi mazkur bosqich tanlovning yakuniy bosqichi hisoblanadi bunda fakultetlardan saralangan jamoalaro‘rtasida o‘tkaziladi va eng kuchli jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

IV.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

4.1 Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha TIQXMMI rektori buyrug‘i bilan Tashkiliy qo‘mita va soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, tashabbuskor talabalar va mutaxasislaridan iborat ishchi guruh hakamlar hay’ati tuziladi.

TIQXMMIkisimida tuzilgan ishchi guruh hamda hakamlar hayati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholanadi.

V.Tanlov shartlari va baholash mezonlari

5.1  “O‘qiganlarim va uqqanlarim” sharti. Bu shartda tavsiya etilgan adabiyotlardan biri tanlanadi vakitob mutolaasidan so‘ng asarda adib tomonidan ilgari surilgan bosh g‘oya, undagi fikrlar to‘qnashuvi, personajlarning ichki xissiyotlari, salbiy va ijobiy obrazlar o‘rtasidagi tafovvutlar, zamon va makon moslashuvi to‘g‘risidagixulosalarni yoritib berish talab etiladi. Shartga tayyorgarlik ko‘rish uchun 3 daqiqa, yoritib berish uchun 3 daqiqa beriladi va natija 10 ballik tizimda baholanadi.

  5.2 “Sizdan savol” sharti. Ishchi guruh tomonidan asarlar asosida tayyorlangan 10 ta savollarga javob beriladi. Har bir savolga javob berishga 1 daqiqa vaqt ajratibjavoblar yozma ravishda qabul qilinadi. Shart 10 ballik tizimda baholanadi.

  5.3  “Kim uzar”sharti. Bu shartni barcha jamoalar bir vaqtda bajaradi. Har bir jamoa tavsiya etilgan adabiyotlardan birini tanlaydi (bunda bir adabiyot ikki yoki undan ortiq jamoaga tushib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi) va asardan kichik iqtiboslar, sitata, aforizm va frazalarni keltirib o‘tishadi. Shartni bajarishga umumiy 15 daqiqa vaqt beriladi va keltirilgan iqtiboslar soniga qarab va 10 ballik tizimda baholanadi.

VI.Kitobxonlik tanlovi g‘oliblarni taqdirlash.

6.1.Barcha bosqichlardan o‘tgan hamda tanlovda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar rahbariyat xamda tanlov o‘tkazishga masul mutasaddi tashkilotlar tomonidan 1-,2- va 3 o‘rinni egallagan jamolarning har bir azosi tashkil etilgan diplom va quyidagi tartibdagi mukofotlar bilan  taqdirlanadi.

          Faxrli o‘rinni egallagan jamoalar yurtimiz bo‘ylab bepul sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar hamda shu bilan bir qatorda institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.