“QISHLOQ MENING TАQDIRIMDА”- virtual koʼrik-tanlov loyihasiga marxamat!!!
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
“QISHLOQ MENING TАQDIRIMDА”- virtual koʼrik-tanlov loyihasiga marxamat!!!
Maqsad: Talabalarning institutda egallayotngan bilimlarini amaliyot bilan bogʼlash, milliy va diniy qadriyatlarni, jumladan, tugʼilib oʼsgan qishloq kindik qoni toʼkilgan joy ekanini talabalar ongiga singdirish, oʼz qishlogʼi bilan faxrlanish tuygʼularini shakllantirish, qolversa, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning oxirgi murojaatda bugun oʼqish va ishlaridan taʼtilga chiqqan yoshlarimizning karantin davrida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qatʼiy amal qilishlari va uy sharoitida masofadan turib bilim olishlari hamda ota-onalariga uy va tomorqa ishlarida yordamlashishlari borasida taʼkidlari, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga hissa qoʼshish maqsadida talabalarning shaxsiy tomorqada ekinlarni ekish va daromad olish, imkoniyatlardan toʼlaqonli foydalanish qobiliyatini aniqlash loyihadan koʼzlangan asosiy maqsad hisoblanadi.
Vazifa: Аyni kunlarda oʼz hovlimiz, tomorqalarimizni tartibga keltirishimiz juda muhim. Qishloq sharoitida hovlidagi tomorqa qoʼshimcha daromad manbai ekanini doimo yodda saqlagan holda, undan bir necha marotaba hosil olishga intilish, talabalarning oʼz tomorqalarida olib borayotgan ishlari, qolaversa, koʼrik-tanlovning asosiy maqsadi talabalar tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarni ekish va sugʼorish ishida institutda olgan bilimlarining ahamiyati va samarasini koʼrsatib berishdan iborat.
Аsosiy talablar:
1. Qishloq tarixi, geografik joylashgan oʼrni, tarixi anʼanalari va milliy urf-odatlari va respublikada tutgan oʼrni haqida yoritilishi;
2. Qishloqdan yetishib chiqqan olimlar, shoirlar ijod ahli haqida maʼlumot berishi;.
3. Qishloqning iqtisodiy salohiyati va innovatsion imkoniyatlari qanday ekani;
4. Qishloqda yetishtiriladigan asosiy qishloq-xoʼjaligi mahsulotlarini ekish hamda sugʼorish texnologiyalari boʼyicha maʼlumot berishi;
5. “Institutda egallagan bilimim oʼz qishlogʼimda samara bermoqda” mavzusi ostida talabalarning oʼz tomorqalarida olib borayotgan ishlari hamda yetishtirayotgan mahsulotlarini ekish va sugʼorish ishida institutda olgan bilimlarining ahamiyati va samarasini koʼrsatib berishi;.
Bajarish tartibi: Mazkur loyihani amalga oshirish ikki qismdan iborat:
1. Har bir talabaning oʼz oilasi toʼgʼrisidagi oʼzi tomonidan bildirilgan fikrlari aks etgan videoresurs tayyorlashi. (5 daqiqagacha).
2. Taqdimot tayyorlash. (Talaba oʼz oilasining turmush-tarzini, ota-onasining, aka-uka, opa-singillari hayotiy faoliyatini toʼliq qamrab olgan matnli, koʼrgazmali tasvir: rasm, surat va illyustratsiyalar bilan bezatilgan, har bir rasmga izohlar berilgan alьbom - taqdimot tayyorlaydi. Koʼpi bilan 15 ta slayd)
Talaba tomonidan tayyorlangan ishlanma koʼrsatilgan muddatga qadar tashkiliy guruhga taqdim etiladi.
Tashkiliy guruh aʼzolari
№ F.I.O. Lavozimi
1 Choriev R.K Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor, rais
2 Haydarov Z.R. Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi, rais oʼrinbosari
3 Ismoilova Z.K. Pedagogika, psixologiya va fanlarni oʼqitish metodikasi kafedrasi mudiri, aʼzo
4 Berdimurodov А. Yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi, aʼzo
5 Irisov F. Kasaba uyushmasi tashkiloti raisi, aʼzo
6 Barcha fakulьtetlarning yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovinlari
Baholash mezonlari
№ Baholashmezonlari Maksimal ball (10 ball)
1. Taqdimot ishiga qoʼyilgan asosiy talablarning toʼgʼri bajarilganligi va toʼgʼri rasmiylashtirilganligi 2
2. Mavzuning ochib berilishi hamda undagi masalalarni hal qilishda talabaning mustaqil yondashuvi: ota-onalariga shaxsiy fikrlaridan iborat boʼlgan taʼriflarini, xalq maqollari, sheʼrlar va hayotiy misollar orqali ochib berganligi 3
3. Oila aʼzolarining hayoti va faoliyatini toʼliq qamrab olgan matnli, koʼrgazmali tasvir: rasm, surat va illyustratsiyalar bilan bezatilganligi 3
4. Taqdimotda talabaning fikrlash qobiliyati, unda estetik didning mavjudligi, mavzu doirasida munozara olib borishi hamda nutq madaniyati darajasi 2
Jami ball 10
Talabalarning tomonidan topshirilgan ishlar tashkiliy guruh tomonidan koʼrib chiqiladi va eng yaxshi deb topilgan ishlar uchta oʼrin boʼyicha uch nafardan yaʼni, jami 9 nafar talabaning taqdimoti tanlab olinadi. Shuningdek, gʼoliblikka munosib topilgan taqdimotlar institut rektori va jamoat tashkilotlari tomonidan qimmatbaho sovgʼalar, pul mukofotlar va sertifikat bilan taqdirlanishadi.
Koʼrik-tanlovda oʼringa loyiq topilgan talabalar quyidagicha ragʼbatlantiriladi:
1-oʼrin (uchta) - 500 ming soʼmdan;
2-oʼrin (uchta) - 400 ming soʼmdan;
3-oʼrin (uchta) - 300 ming soʼmdan;
Tanlovda institutimizda tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
Maʼlumotlar taqdimot va videoresurs koʼrinishida 2020 yil 5 mayga qadar tashkiliy guruh elektron manziliga (hzurik@mail.ru) yoki +99890176-05-99 telegram raqamiga elektron shaklda yuboriladi.
Murojaat uchun telefonlar: (93) 825-55-95, (99) 482-83-07