Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash imtixonlarini o‘tkazilish kunlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Navoiy va Islom Karimov Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash imtixonlarini o‘tkazilish kunlari belgilandi
Qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni, talabalarni qo‘llab quvvatlashga mamlakatimizda alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1993 yil
5 fevraldagi PF-555-sonli Farmoniga (2017 yil 5 iyun PF-5069–sonli Farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlar bilan) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov, institut Ilmiy kengash stipendiyalariga nomzodlarni saralash jarayonining 1-bosqichini o‘tkazish maqsadida iqtidorli talabalar uchun saralash imtixonlarini o‘tkazilish kunlari belgilandi.
№ |
Fanning nomi |
Imtixon kuni va vaqti |
1. |
Chet tili |
25.06.2019 y. soat 1000 B-01 |
2.
|
Informatika va axborot texnologiyalari |
26.06.2019 y. soat 1000 Bk-14-15 |
3. |
O‘zbekiston tarixi |
26.06.2019 y. soat 1330 B-225 |
|
Qanday imtiyozlar bor
Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar belgilangan tartibda yuqori miqdorda stipendiya oladilar, o‘qishni tugatganlaridan so‘ng magistraturaga imtixonlarsiz grant asosida o‘qishga qabul qilinadilar. |
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi metodisti Z.Temirova