Texnologiya va injenerlik sohasida xalqaro ikki tomonlama magistratura dasturi
Shimoliy texnologiya menejmenti instituti (NlT) va Gamburg texnologiya universiteti (TUHH) injenerlik sohasida bakalavr diplomiga ega bo’lgan talabalar uchun ikki tomonlama magistrlik darajasini beruvchi grantni e’lon qildi. O’quv dasturining bir qismi sifatida talabalar uch oylik ishlab chiqarish amaliyoti bilan bir qatorda, nemis tilining intensiv kursiga qatnashish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.
Talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:
- Injenerlik sohasida bakalavr diplomi;
- Ma’lumotnoma (CV);
- Diplom ilovasi (ingiz tiliga tarjimasi bilan);
- Maqsadni ifodalovchi qisqacha ma’lumot (motivation letter);
- 2 ta tavsiyanoma;
- Ingliz tilini bilishi to’g’risida sertifikat (TOEFL>90, IELTS: 6,5);
- Mehnat daftarchasi (agar ishlayotgan bo’lsa);
Loyihada ishtirok etuvchilar bir necha bosqichdan iborat intervyu (yoki skype orqali) suhbatdan o’tadilar.
Xujjatlar fevral oyining so’ngiga qadar qabul qilinadi.
Qo’shimcha savollar uchun quydagi elektron manzilga murojaat qiling: admissions@nithh.de
Xalqaro aloqalar bo‘limi