TIQXMMI doktorantining monografiyasi sakkizta tilda

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari istituti “Yerdan foydalanish” kafedrasining I bosqich doktoranti Maxsudov Muxammadbek “Tuman yer fondidan foydalanish diversifikatsiyasini tartibga solish yoʼnalishlari” mavzusidagi dissertatsiya ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ushbu tadqiqot doirasida “Yerdan foydalanishni diversifikatsiya qilish taraqqiyot omili” (“Diversifikatsiya zemlepolzovaniya yavlyaetsya faktorom razviyatiya”) nomli monografiyasini Lap Lambert Academic Publishing xalqaro nashriyotida rus tilida nashr ettirdi. Monografiya rus tilidan tashqari, Germaniyaning nufuzli tarjimon kompaniyasi bilan hamkorlikda yana 7 tilga ham tarjima qilindi.

Shuningdek, yosh olimning “Yerdan foydalanish diversifikatsiyasini prognoz qilish metodikasi” (“Metodologiya prognozirovaniya diversifikatsii ispolzovaniya zemelnogo fonda”), “Tumanda yer fondini diversifikatsiyalash” (“Diversification of land fund in the district”), “Qishloq xoʼjaligi yerlarini baholashning zamonaviy yondashuvlari” (“Современные подходы к оценке сельскохозяйственных угодий”) deb nomlangan, tadqiqot natijalari taqdim etilgan monografiyalari ham Lap Lambert Academic Publishing xalqaro nashriyotida nashr qilinib, www.morebooks.shop (https://www.morebooks.de/store/gb/book/методология-прогнозирования-диверсификации-земельного фонда/isbn/978-620-2-66730-2), www.amazon.com (https://www.amazon.com/Диверсификация-землепользования-является-фактором-развития/dp/6139443822)internet doʼkonlarida onlayn sotuvga chiqarilgan. Muxammadbek Maxsudov ilmiy tadqiqot natijasi bilan “Fan va taʼlimning innovatsion rivojlanishi” (“Innovatsionnoe razvitie nauki i obrazovaniya”) nomli xalqaro hammualliflikdagi monografiya nashr qilishda ham qatnashgani eʼtiborga molik.

 

TIQXMMI matbuot xizmati