Murojaatnoma, aslida munosabatnoma
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi Respublikamiz bo‘ylab keng jamoatchilik tomonidan katta e’tibor va qiziqish bilan tinglandi. Bugungi kunda Murojaatnoma ko‘plab tashkilot, idora va muassasalarda, turli jamoalarda keng o‘rganilmoqda va tegishli vazifalar belgilab olinmoqda. Shu jumladan bu faoliyatda talabalar va yoshlar ham chetda qolayotganlari yo‘q.
QSXET fakulteti “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi mudiri A.Berdishev va kafedra professor-o‘qituvchilari T.Bayzakov, R.Yunusov, O.Matchanov, A.Turdiboyev, O‘.Xaliqnazarov, N.Markayevlar tomonidan 2-talabalar turar joyida o‘tkazilgan tadbir ham Prezident murojaatnomasini keng o‘rganish, to‘g‘ri talqin qilish va unga munosib ravishda faoliyat olib borishga qaratildi. Tadbirda A.Berdishev Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasining mazmun-mohiyati keng ochib berildi va bu borada barchamiz yoshlarimiz Prezidentimizga munosib farzand bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi. Tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar tomonidan berigan savollarga barcha professor-o‘qituvchilar tomonidan yetarlicha javoblar berildi.
“ETvaEJF” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov