Osoyishtalik saranjom sarishtalikdan

Xabaringiz bor sal avval institut rahbariyatining Talabalar turar joylariga e'tibori yangi tizimda, yangi yo'nalishlarda sezilarli darajada amaliy ishlarni bajarishga qaratilishi, bunda ayni shu  talabalar turar joyi markazlashgan holda o'rganilishi, muammolar tegishli bo'limlar bilan kelishilgan holda hal etilishi haqida aytib o'tgan edik. Bu safar Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor hamda barcha fakultet dekanlari e'tibori 3-Talabalar turar joyining bir qismiga qaratildi.

3-Talabalar turar joyining "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talabalari joylashgan qismidagi kamchilik va muammolar o'rganilib, tegishli bo'lim хodimlari hamda fakultet dekanati tomonidan bartaraf etildi. Yoshlar bilan ishlash bo'yicha Prorektor bochligida, barcha fakultet dekanlari, dekan muovinlari, fakultet professor-o'qituvchilari, jamoat tashkiloti vakillari, institut Talabalar turar joyi xodimlari, mas'ul kafedra mudirlari barchasi kelib yotoqxonaning na'munali xonalari bilan tanishishdi. Xonalarda barcha sharoitlar borligi kishini xursand qiladi. Hattoki, deraza tokchalarida talabalar gullarni parvarishlayotgani bu albatta, tozalik belgisidir. Na'munali xonalar aniqlanib, diplom va esdalik uchun sovg'alar talabalarga Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor tomonidan taqdim etildi. Shundan so'ng endi xonalarni ko'rdik, xulosa qildik va endi ketamiz deb turgan rahbariyatni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" talabalari "bir piyola choy ustida deya" qo'yarga-qo'ymay oshga taklif etishdi.

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor so'zga chiqib, Talabalar turar joylarini bundan keyin ham tizimli o'rganish ishlari davom etishi hamda 3-Talabalar turar joyi misolida o'z-o'zini boshqarish, Talabalar Kengashi tizimiga o'tish bo'yicha o'zing fikr mulohazalarini bildirib o'tdi. Kuzatib boring keyingi talabalar turar joyida ham ana shunday xayrli ishlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Fakultet dekani hamda dekan muovinlariga, professor-o'qituvchilar va faol yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov