Institut rektorining institut jamoasi bilan uchrashuvi

 

2020 yil 1 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Madaniyat saroyida institut rektori Umurzakov O‘ktam Pardaevichning institu jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv 2019 yilda o‘quv-uslubiy, yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, halqaro hamkorlik va tashkiliy ishlarda institut jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlar va kamchiliklar, istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlandi.

Shuningdek, institut rektori O‘.Umurzakov 2019 yilning dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoevning Al-Xorazmiy maktabida yoshlar bilan uchrashuvida hamda joriy yilning 25 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida bildirilgan fikr va mulohazalaridan kelib chiqib institutda zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini institutda joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, institutda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 4.0” va “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash, institutni yaqin kelajakda Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “hab”ga aylantirish borasida to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga talaba-yoshlar ma’naviy ahloqiy tarbiyasi yuzasidan ham ishlarni kuchaytirish, ularning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, institutida bu borada amalga oshirilgan ishlar hamda bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.

Kapital-qurilish sohasida keyingi yillarda institutda amalga oshirilgan ishlar maqtansa arzigulik ekani, talaba-yoshlarimiz ilm olishi uchun barcha sharoitga ega o‘quv binolari qurilib foydalanishga topshirilgani, laboratoriyalar, sport kompleksi, talabalar turar joylari kapital ta’mirdan chiqarilgani bu borada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarning uzviy davomi ekanini gapirib o‘tdi hamda kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

TIQXMMI matbuot xizmati