Insoniyatga berilgan sovgʼa
29-yanvar kuni 4-TTJda institut psixologi M. Muxamedova GM fakulteti 1 – 4-kurs talaba qizlaridan Xotin –qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish maqsadida, oila va atrof muhitdagilardan tazyiqqa uchrash muammolarining qay darajada aktualligini aniqlashga qaratilgan soʼrovnoma oʼtkazdi. Soʼrovnoma olingandan keyin “Men insoniyatga berilgan sovgʼaman” mavzuida trening mashgʼulot oʼtkazildi. Mashgʼulotga YERB fakulteti 1-kurs talabasi O. Umaraliev trenerlik qildi. Treningda “Oʼrgimchak toʼri” mashgʼuloti orqali ishtirokchilar bir – birlari bilan tanishib olishgach, “Men insoniyatga berilgan sovgʼaman” trening mashgʼuloti bilan davom ettirildi. Ishtirokchilarga aylana boʼlib oʼtirib olish va soat strelkasi boʼylab “Men insoniyatga berilgan sovgʼaman, chunki…” tarzida gapni davom ettirish koʼrsatmasi berildi.
Bu mashgʼulot guruhiy psixokorrektsion faoliyatda va emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni korrektsiya qilish, ishtirokchilarning oʼziga boʼlgan ishonchi va oʼzini oʼzi baholash darajasini oshirish, ichki uygʼunlikni buzilishi(disgarmoniya)ni bartaraf etish, ruhiy muvozanatga keltirish, boshqalarning va oʼzining holatini tushuna olish koʼnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Treningda barcha ishtirokchilar: talabalar, 4-TTJ tarbiyachi pedagogi N. Isqulovalar faol qatnashishdi va koʼpchilik qizlarda oʼz trenerlik qobiliyatlarini sinab koʼrish istagi paydo boʼlgani quvonarli holat.
TIQXMMI matbuot xizmati