Bank tizimida imkoniyat va imtiyozlar
2021-yil 27-fevral kuni "Suv xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish" fakultetida ATB Turonbank xonasida navbatdagi seminar bo‘lib bo‘lib o‘tdi. Seminarda ATB Turonbankining Chakana xizmatlar departamenti direktori Fayziev Ravshan Shuxratovich “O‘zbekiston Respublikasi bank tizim va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi. Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi, Markaziy Bankning asosiy vazifalari va Markaziy Bank bilan tijorat banklarining ishlash mexanizmlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Ma’ruzada alohida e’tibor bank tizimini raqamlashtirish masalalariga qaratildi. Aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida respublikamizning barcha viloyatlari va hududlarida ATB Turonbank tomonidan “Bank xizmatlari ofislari” ochilayotganligi va unda mavjud bank mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan berilgan savollarga tegishli, asoslangan javoblar berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati