“Bahorni sog‘inib” nomli tadbir o‘tkazildi

Talabalarni kasb-hunarga chog‘lashni ta’lim jarayoni bilan birga olib borilishi maqsadga muvofiq. Ularni qiziqishi va qobiliyati ana shu yo‘sinda sinovdan o‘tkaziladi. "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi Xoliqova Nargiza, fakultet yetakchisi Yigitalieva Ruxshona va talaba qizlari tashabbusi bilan 27-fevral kuni 3-talabalar turar joyida “Bahorni sog‘inib” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti 1 va 2 - bosqich talabalari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Talabalar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha baholandi:

  • Eng yaxshi pazanda
  • Eng yaxshi notiq
  • Eng yaxshi raqqosa
  • Eng yaxshi tikuvchi
  • Eng yaxshi salat ustasi
  • Eng yaxshi to‘quvchi

"Eng yaxshi pazanda" nominatsiyasi bo‘yicha 2 - bosqich talabasi Xorazm viloyatining milliy ovqati Tuxumbarak tayyorlab, ushbu nominatsiyaning g‘olibiga aylandi. Eng yaxshi notiq nominatsiyasida 1 - bosqich talabasi Ne’matullaeva Dildoraxon Abdulla Oripovning she’riy namunalaridan ulashib, nominatsiyaning g‘olibiga aylandi. "Eng yaxshi raqqosa" nominatsiyasini 1 - bosqich talabasi Kengeshova Sevara o‘zining chiroyli raqsi bilan qo‘lga kiritdi.

"Eng yaxshi tikuvchi" nominatsiyasida 1 - bosqich talabasi Qozoqova Madina o‘zining qo‘l mehnati bilan tikkan bejirim liboslari bilan g‘olib bo‘ldi. "Eng yaxshi salat ustasi" nominatsiyasini bo‘yicha 1 - bosqich talabasi Raximjonova Sitabonu bahorgi tovuqli salatini tayyorlab qo‘lga kiritdi. "Eng yaxshi to‘quvchi" nominatsiyasini bo‘lsa 1 - bosqich talabasi Ortiqova Durdona o‘z qo‘llari bilan to‘qigan namunalari orqali qo‘lga kiritdi.

Talaba-qizlarni tabriklashga tadbirning maxsus mehmoni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor  Choriyev Ruzimurat Qo‘ngratovich  so‘zga chiqib o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi. Talabalar kelajakda o‘z iqtidorlarini yanada rivojlantirib institut va respublika bo‘yicha o‘tkaziladigan turli tanlovlarda ishtirok etishni va albatta o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishni oldiga maqsad qilib qo‘yishdi.

TIQXMMI  matbuot xizmati