Mushafi sharif ziyorati
Ona yurtimiz bir qancha biri-biridan fayzli ziyoratgoh, qadamjolarga nihoyatda boy. Bunday tarixiy obidalar, ma’naviy qadriyatlarimizning juda ko‘plari jaxonning nufuzli tashkilotlarining tegishli e’tiroflarini–maxsus sertifikatlarini ham olib ulgurgan. Xalqimiz esa bunday ziyoratgohlarga hamma davrda ham yuksak ehtirom ko‘rsatib kelgan. Shunday ulug‘ ziyoratgohlardan biri poytaxtimizdagi xalqimiz “Xasti imom” nomi bilan ataydigan Hazrati imom majmuasidir. Bu joyda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida “Hazrati Usmon mus’hafi” saqlanadi. 2021-yilning 26-sanasi juma kunida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining o‘qituvchilari Qudratjon Raximov va Dinislom Atakulovlar o‘zlarining murabbiylik guruhlari bilan ushbu muborak kitob ziyorati uchun tashrifni amalga oshirdilar.
Agar ushbu kitobni suyukli payg‘ambarimiz Muxammad sallollohu alayhi vasallam bilan bevosita yelkama-yelka yurib, butun mashaqqatlarni yelkalariga olgan ummat vakillari sahobai kiromlar tomonidan jamlangan ilk oltita kitoblarning bittasi ekanligini, aynan ushbu kitobga Rasululloh alayhissalomning muborak qo‘llariga tekkan qo‘llar tegib, ushlab, o‘qib yurganligini, Payg‘ambar alayhissalomning oila ahllari, tohira zavjalarining ham qo‘llari va ko‘z nurlari tekkanligini inobatga olsak ona yurtimizda qanday bebaho XAZINA saqlanayotganligini tasavvur qilish hech kimga qiyinchilik tug‘dirmasa kerak.Tashrif barchada katta taassurotlar qoldirdi. Tashrif davomida ilm-ma’rifat, halollik haqida suhbatlar qilindi. Xayrli duolar bilan tashrif yakunlandi.
TIQXMMI matbuot xizmati