Muzey bo‘ylab moziyga

Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan teatr, muzey va kino namoyishlariga tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha reja-grafik asosida “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining 195 nafar  talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyga qilingan ekskursiya davomida talabalarga muzeyda saqlanayotgan 10-14 asrlarda Temuriylar sulolasiga oid bo‘lgan bir qancha osori-atiqalar va Amir Temur tomonidan Samarqand shahriga olib kelingan va hozirda ushbu muzeyda saqlanayotgan “Usmon Mushafi” kitobi ning nusxasi ko‘rsatildi.

Talabalar muzeyda Temuriylar sulolasiga tegishli sopol buyumlar, ko‘zalar, qozonlar, o‘sha davrdagi qurol-aslahalar, ot abzarlari, kiyim-kechaklar, kandakorlik namunalari, Temuriylar sulolasiga ishlangan turli xil miniatyuralar va boshqalar bilan yaqindan tanishishdi. SHuningdek, muzeyda saqlanayotgan boshqa qadimiy kitoblarni tomosha qilishdi. Bulardan “Temurtuzuklari”, SHarafiddin Ali YAzdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Kuragoniy” kabi asarlarning asl nusxalari bilan tanishib chiqishdi.

SHuningdek, talabalarga Temur va Temuriylarning O‘rta Osiyo madaniyati va hatto jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilib berildi. Xususan, Temurning mardligi, adolatli hamda xorijiy mamlakatlar bilan olib borgan siyosatiy talabalarda yanada fahr hissini uyg‘otdi. Talabalar ushbu muzeyda o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olishdi.

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev axboroti

TIQXMMI matbuot markazi