Islohotlar amalda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida olimlar, shoirlar, yozuvchilar va aktyor va sanatkorlardan iborat ma’rifat targ‘ibotchilari tomonidan Respublikamizning barcha viloyatlarida tuman-u shaharlardagi mahallalar, qishloq va ovullarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va konsertlar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 24-29 may kunlari Samarqand viloyatining barcha tumanlarida tashkil etildi. Tadbirda el suygan san’at va madaniyat xodimlari bilan birga oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan p.f.d.,professor Ismailova Zuxra Karabayevna ham ishtirok etdilar. Ular mamlakatimizda keyingi yillarda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy sohalardagi islohotlarning tub mohiyati haqida gapirib, barcha sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlarga alohida to‘xtaldilar. Shu bilan birga xalqning ruhiyatini ko‘tarish maqsadida kuy qo‘shiqlar ijro etildi.
Tadbirlar so‘ngida ishtirokchilar viloyat hokimligi tomonidan barcha ma’rifat targ‘ibotchilariga yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlar, jamiyat hayotidagi yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalarini hayotiy misollar orqali mahalla va qishloqlar aholisiga yetkazishdagi xizmatlari, joylarda o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va ijodiy uchrashuvlarda faol ishtiroki uchun TAShAKKURNOMA bilan taqdirlandilar.
TIQXMMI matbuot xizmati