Faol, tashabbuskor ayollar uchun

Bugungi kunda gender tenglik samarali iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Davlatimiz rahbari «Hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart», - deb ta’kidlagani ham bejiz emas. Shu bois mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 29 iyun kuni TIQXMMIda Institut xotin qizlar Kengash raisi Ismoilova Zuxra Karabayevna raxbarligida GIM fakulteti xotin-qizlari va talaba qizlar bilan “Davlat va jamiyat taraqqiyotida ayollarning o‘rni va roli” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda GIM fakulteti dekani B.Norov, “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, professor Sh.O‘ljayeva, fakultet xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul B.Mamadaminova, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini O.Ruziboyev va institutning barcha xotin - qizlari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir, institut xotin qizlar Kengashi raisi Zuxra Karabayevna tomonidan ochib berildi. Z. Ismoilova kirish so‘zida ijtimoiy-siyosiy faol ayollar jamiyat taraqqiyotining yetakchi kuchi ekanligini alohida ta’kidlab, yurtimizda xotin-qizlar huquqlari va erkinligini ta’minlashning mustahkam huquqiy bazasi shakllantirilgani, ularning mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini qayd etdi. Fakultet dekani B.Norov fakultetda bajarilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha so‘z yuritdi.Tadbirda asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan professor Sh. O‘ljayeva bugungi kunda o‘z aqli, bilimi va iste’dodi, mehnatsevarligi va shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib – bu oila bekaligi bo‘ladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi, tibbiyot ta’lim-tarbiya, madaniyat ilm-fan taraqqiyoti bo‘ladimi, fermerlik harakati va kasanachilik, kichik biznes tadbirkorlik bo‘ladimi mana shunday murakkab vazifalarni ayollar samarali ado etib kelayotganliklari, ayollarimiz orasida taniqli davlat va jamoat arboblari, jumladan, o‘nlab senator va deputatlar, vazir va hokimlar,

O‘zbekiston Qahramonlari, akademiklar, professorlar, O‘zbekiston xalq shoirlari, Xalq o‘qituvchilari, nodavlat tashkilotlarning faol vakillari borligi barchamizni quvonarli holat ekanligini ta’kidladi.Tadbir so‘ngida fakultet xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha masul B.A.Mamadaminova fakultetda yil davomida xotin-qizlar kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi va kelgusida bajariladigan ishlar rejasini amalga oshirish vazifalari belgilab olindi. Tadbir qiziqarli savol javoblar bilan o‘tganligi, ishtirokchilar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirganliklari uning yanada samarali o‘tganligini anglatadi.

TIQXMMI Matbuot xizmati