Prezident qarori amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909-sonli qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’limni isloh qilish, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviylikni hamda xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Germaniyaning IAMO (O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish) ITI bilan hamkorlikda 2018 yil 30 oktyabr - 2 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan “Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishida ijtimoiy – iqtisodiy fanlarning roli” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. 
Konferensiyada qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va unga yondosh sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan respublika va xorijiy tadqiqotchilar o‘z maqola va ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.
Konferensiyaning tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirliklari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Germaniyaning IAMO (O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish) ITI mushtarak maqsadlar bilan o‘z faoliyatlarini boshlashdi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligida islohotlarning borishi, yer - suvdan foydalanish masalalari, iqlim o‘zgarishlarining qishloq mahsulotlari ishlab chiqarishiga ta’siri, qishloq hududlarida mehnat resurslari va ularning migratsiyasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosida eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha tadqiqot natijalari muhokamasi hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash konferensiyaning asosiy maqsadlaridandir. 

Konferensiyaning tarkibi quyidagi ilmiy yo‘nalishlardan iborat.
- Qishloq xo‘jaligida islohotlar; 
- Qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; 
- Oliy ta’limdan keyingi ta’limni rivojlantirish va ilmiy – tadqiqot ishlarining sifati;
- Iqlim o‘zgarishlarining ta’siri va qishloq xo‘jaligining barqarorligi;
- Yerdan foydalanish va yer bozori;
- Suv resurslarini boshqarish;
- Fermer xo‘jaliklari restruktrizatsiyasi va mehnat munosabatlari;
-Qishloq hududlarida kooperatsiya va jamoaviy munosabatlar; 
- Qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirining rivojlanishi;
Konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.

  

Institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ilhom Abdurahmanov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov