Mazmunli dam – o’qishga hamdam
Bugungi kunda oliy ta'lim tizimida yoshlar tarbiyasini yaxshilash, ma'naviy-marifiy bilimlarini yuksaltirish, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oliy ta'lim muassasalarining talabalar turar joylaridagi ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusi doirasida ham yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish yuzasidan ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni dam olish kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Toshkent shahrining diqqatiga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etilmoqda. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda, 2020-yil 1-Mart kuni Zangiota ziyoratgohi va O'zbekiston tarixi muzeyiga sayohat amalga oshirildi. Talabalar turar joyining barcha talabalari, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti va Talabalar turar joyi kengashi raisi nomidan rektorimiz professor Umurzakov O'ktam Pardayevich, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Choriyev Ruzimurod Kungratovich hamda institut rahbariyatiga 3-Talabalar turar joylarida yaratib berilgan barcha shart-sharoitlar, dam olish kunlarini mazmunli o’tkazilishi bo’yicha tashkil etilgan mana shunday sayohatlar va ko'rsatilayotgan yuqori e'tibor uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
TIQXMMI matbuot xizmati