TIQXMMI Buxoro filialida “Yangi O'zbekiston - yangicha dunyoqarash” g'oyasi ostidi tadbirlar davom etmoqda
Buxoro shahar 4-sektor, shahar davlat soliq inspeksiyasi sektorida joriy yilning 29-yanvar kuni “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida “2021 -yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidntining Oliy Majlis va o‘zbek xalqiga Murojaatnomasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali faollar zalida tashkil etildi. Mazkur tadbir soat 11:00 da boshlandi. O‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlarida sektor hududiga qarashli 18 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda jami 220 nafar ishtirokchilar ishtirok etdilar. Tadbirni 4-sektor rahbari, shahar davlat soliq inspeksiyasi rahbari Abdullo Abdullayev ochib berdi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali direktori Shavkat Imomov boshchiligidagi targ’ibot guruhi o‘z targ’ibot materiallari bilan ishtirok qildilar.
Tadbirda targ’ibot guruhi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va o‘zbek xalqiga murojaatnomasining mazmun-mohiyatini va o‘zbek xalqining kelajagi hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish lozimligi haqida tadbir ishtirokchilarga ma’lumot berib o‘tdilar. Dar haqiqat,“Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g’oya asosida keng ko‘lamli islohotlarning amalga oshirilishi davr taqozosi. Bu esa bevosita kelajagimiz tarbiyachisi bo‘lgan o‘qituvchining mehnati bilan bog’liq. O‘qituvchining o‘rni uning kasbiga mehri, sadoqati va fidoyiligi bilan namoyon bo‘ladi. Shu bois davlatimiz rahbari “Jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim”, deya ta’kidlab, respublikamizda 2021-yilda o‘qituvchi va pedagoglarga ustama haq to‘lash tizimi yo‘lga Qo‘yilishini alohida ta’kidladi. Jumladan, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanishi aytildi. Bu tashabbus keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning mavqeini oshirish borasidagi amaliy harakatlarning izchil davomi bo‘ldi. Asosiysi, ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchilarga bo‘lgan e’tibor kuchaytirilishi eng muhim maqsadimiz sifatida aytib o‘tildi.
Shuningdek, muallimlar eskicha usulda har 5 yilda malaka oshirgan bo‘lsa, bundan buyon ularning, “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida, o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi yo‘lga Qo‘yilishi ta’kidlandi. Prezident Murojaatnomada ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, uning samarali va natijadorligini ta’minlash zaruriyati borasida qator mulohazalarni bildirdi. Bularning barchasi jamiyatimizda ta’lim sifatini yaxshilash va o‘qituvchi obro‘sini yuksaltirish maqsadida qilinayotgan ishlar ekanligi, ertangi kunimiz uchun yaratilayotgan mustahkam poydevor ekanligidan dalolatdir. Murojaatnomada Prezident “yoshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, deya ta’kidlagani yoshlar kelajagi va taqdiri uchun har-birimiz daxldor ekanligimizni ko‘rsatadi. Xalq farovonligi va yurt tinchligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning keyingi yillarda jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni va mavqei ortib borayotgani, ijtimoiy hayotga tatbiq qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar ahamiyatiga to‘xtalib, jamoatchilik, xususan yoshlarga ta’sirchan usullar yordamida yetkazishdi.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati