TIQXMMI Buxoro filiali professor - o'qtuvchilar ishtirokida kredit modul tizimida o'qitish bo'yicha seminar o'tkazildi
Joriy yilning 29-yanvar sanasida filialning 308 ma’ruzalar zalida filial professor-o’qituvchilari ishtirokida kredit modul tizimida o’qitish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Seminarni o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari K.Qurbonov kirish so’zi bilan ochib berib, kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash, talabalar bilimini reyting asosida baholash imkoniyatlarini berishi to’g’risida ta’kidlab o’tdi.
Shundan keyin, fililaning o’quv bo’limi boshlig’i A.Niyozov ma’ruzasi tinglandi. A.Niyozov o’z ma’ruzasida kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar, o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish, bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash, talabalar bilimini reyting ball asosida baholash, talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish, ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish, ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi to’g’risida aytib o’tdi.
Shu bilan birgalikda yuqoridagilar dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir. Seminar so’ngida profesor-o’qituvchilar tomonidan berilgaan savollarga, kerakli javoblar berib o’tildi. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati