CONMECHYDRO-2021 xalqaro ilmiy konferensiya faoliyatini  boshladi

2021-yil 1-aprelda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari inistitutida “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida imzolangan kelishuvlarni bajarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”)ga muvofiq Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qozog‘iston-Nemis Unversiteti va “Gidroproekt” AJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qurilish mexanikasi, gidravlika va suv resurslari muhandisligi-Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering” (CONMECHYDRO-2021) xalqaro ilmiy konferensiyaning yalpi majlisi o‘tkazildi.

Majlisni Xalqaro ilmiy konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim kengashi raisi,Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari inistituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor O‘.P.Umurzakov tabrik so‘zi bilan ochdi va konferensiya faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H.Toshkulov, O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi vazirining o‘rinbosari A.A.Mirzaev, Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti professori, N.I.Vatin, Qarshi iqtisodiyot va muhandislik instituti rektori, professor O.SH.Bozorov, Kozog‘iston-Nemis universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori B.YA.Pavletta, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i, Oliy Majlis Senati a’zosi I.U.Qurbonov o‘zlarining tabrik so‘zlari bilan ishtirok etishdi.

Tabrik so‘zlaridan so‘ng, Yaponiya muhandislik universiteti professori Akiyuki Kavasaki, Milliy tadqiqotlar Moskva davlat qurilish universiteti kafedrasi mudiri, professor D.V.Kozlov, Polshaning Vrotslav fan va texnologiyalar universiteti professori Yaroslav Ribak, Vengriyada rus tilida so‘zlashadigan yozuvchilar xalqaro federatsiyasi prezidenti, Interpressfast nashriyotining bosh muharriri, ekspress-info axborot agentligining Vengriya va Markaziy Yevropa mamlakatlaridagi maxsus muxbiri, t.f.d., professor O.E.Volovik kabi yetakchi olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

2021-yil  02 aprelda  Konferensiya o‘z faoliyatini quyidagi sho‘balarda davom ettiradi:

1. Ekologiya, gidroenergetika va fizik jarayonlarni  modellashtirish (Ecology, hydropower and modeling of physical processes).

2. Yo‘l qurilishi, qurilish materiallari va konstruksiyalari (Road construction, building structures and materials).

3. Inshootlar gidravlikasi, gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (Hydraulics of structures, hydraulic engineering and land reclamation construction).

4. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (Mechanization, electrification of agriculture and renewable energy sources).

5. Muhandislik materialshunosligi, intellektual transport tizimlari va transport logistikasi (Engineering materials science, intelligent transport systems and transport logistics).

 

TIQXMMI matbuot xizmati