«Motivatsion psixotrening» - yoshlarning o‘zligini anglashga maqbul yo‘l
Bugun 2019 yilning 1 - noyabr kuni 2-juftlik “Murabbiylik soati” G binoning 3- zalida tashkil etildi. «Gidromelioratsiya» fakultetining 4- bosqich talabalari bilan birgalikda «Pedagogika. Psixologiya va o‘qitish metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonida «Motivatsion psixotrening» DEBATE ta’lim shaklida olib borildi.
Prezidentimizning ilg‘or g‘oyalaridan yana biri; «Yoshlar ongiga eng maqbul yo‘l yoshlarning o‘zi orqali amalga oshiriladi», demakki, biz har bir yosh avlod fikrini eshitish va unga mantiqiy yo‘l orqali qarashlarini o‘zgartirishi lozimdir. Aynan shu fikrlar yondashuvi biz uchun turtki hisoblanib “Motivatsiya” ga yo‘lni yoshlar orqali izlashga kirishdik. Bizning kafedrada olib boriladigan dars jarayonlari har doim natijaviy bo‘lishi maqsadida talabalar ichidan qobiliyatli talabani izlab topish tizimli yo‘lga qo‘yilgan. "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining 3 - bosqich talabasi Fayzullayev Mirzoxid aynan shunday talabalardan biri sifatida o‘zining layoqatini bugungi seminar treningimizda namoyon eta oldi.
Psixotreningimiz barchani qiziqtirgan muammolardan biri maqsadlarimizni amalga oshirish uchun to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishimiz va orzularga eltuvchi oson usullar haqida bo‘lib, bunda yoshlar o‘z maqsad va orzularini anglab olishlariga va shu bilan birga uni amalga oshirishda tajribalari natijalar bilan fikr almashinib, bilimlarini boyitib oldilar. «Motivatsion psixotrening» nafaqat talabalarni jalb etib qolmay, balki ustozlarni ham qiziqtirdi degan xulosaga keldik.
Trenerlar kafedra o‘qituvchisi D.Muqumova va talaba M.Fayzullayevlar o‘z bilimlari bilan qiziqtirib «Inson ongi» cheksiz imkoniyatlarga egaligi va undan foydalana bilish har bir inson qo‘lidan keladigan oddiy bir harakat ekanligini anglab yetishga turtki vazifasini bajardi deb o‘ylaymiz.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov