Dekan va talabalar uchrashuvi

2020 yil 1 fevral kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Xakimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev hamda 3-TTJda istiqomat qilayotgan talaba yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasi mazmun mohiyati, undagi asosiy jihatlari, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hamda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati va dolzarbligi xususida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, davra suhbati davomida talaba yoshlarga bugungi kunning shiddat bilan o‘zgarib borayotganligi, talaba yoshlarni raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishlari uchun xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, axborot texnologiyalarini qunt bilan o‘rganishlari, o‘z ustlarida tinmay ishlashlari to‘g‘risida qimmatli maslahatlar berib o‘tdilar.

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov