Eng katta kashfiyot – o‘zingni kashf etish!
Yoshlik – eng bebaho boylik. Uni behuda ishlrga sarflab yo‘qotib qo‘ymaslik kerak. Talabalarimizda aynan shu g‘oyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishlariga bag‘ishlangan seminar-trening 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.K.Choriev ochib berdi. Treningni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchisi Muhammadali Eshonqulov mazmunli tarzda olib bordi.
Talabalar bu trening davomida hayot yo‘lini rejalashtirish, muvaffaqiyatga erishish sirlari, insonning o‘z qobiliyatlarini kashf etishi, yaxshi kasb tanlash kabi muhim savollariga javoblar oldi. Treningda talabalarimizga eng ma’qul bo‘lgani barcha keltirilgan namunalar qaysidir chet ellik olimlar tadqiqotlariga emas, aynan o‘zimizning aziz avliyolar va buyuk siymolarimiz hayotidan keltirilgan aniq misollar hamda rivoyatlarga asoslangani bo‘lgan bo‘lsa, trenerning jamoa aurasini boshqara olish qobiliyati talabalarda chuqur qiziqish va hayrat uyg‘ota oldi.
Hayotni rejalashtirish bu har bir kunni, har bir daqiqani rejalashtirish, uni behuda narsalarga sarflamaslik lozimligi, har bir muvaffaqiyat zamirida mashaqqatli mehnat yotganligi, inson o‘zi sevgan kasbidagina yuqori marralarni zabt etishi mumkinligi aytib o‘tildi. Kadrlar va mehnat bozori talabi kundan-kunga keskin o‘sib borayotgani esa talabalardan qiymatga ega kadr bo‘lish uchun tinimsiz harakatda bo‘lishni talab qilishi ajoyib eksperiment ko‘rinishida tushuntirilib berildi. Ajoyib va mazmunli trening uchun Muhammadali Eshonqulovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Endi esa natija faqatgina treningda ishtirok etgan talabalardan chunki nazariy bilim amalda qo‘llanilsagina u o‘zining qadr-qimmatini topadi. Olg‘a, aziz talabalar, ertangi kun sohiblari bizmiz!
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimi D.Akbarov axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov