Faxriylar – faxrimiz, ustozlarga ehtirom
Yurtimizda yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash milliy qadriyat hisoblanadi. Chunki, keksalarning maslahat va o‘gitlariga amal qilib yashash, turmush farovonligimiz va tinchlik-osoyishta hayotimiz mazmuniga aylangan. Shu munosabat bilan institut rahbariyatining tashabbusi asosida institutimizda uzoq yillar “Oliy matematika” kafedrasida faoliyat ko‘rsatgan hozirda kunda 80 yoshni nishonlagan, keksalik gashtini surayotgan Yodgor aka Sharifboyevning uyiga yubiley munosabati bilan tabriklash, holidan xabar olish, institutimiz rektori prof. U.P. Umurzakovning tabrik dastxati va sovg‘alarini yetkazish uchun 2020 yil 02 fevral kuni “Oliy matematika” kafedrasi mudiri B.A.Xudayarov va kafedra a’zolari hamda shu kafedrada uzoq yillar faoliyat yuritib, bugungi kunda nafaqadagi hamkasblari bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Zeroki xalqimizda hurmat va ehtirom ko‘rsatish azaliy qadriyat hisoblanadi. “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganini pari bilmas” kabi hikmatli iboralar necha ming yillar mobaynida hayotda o‘z isbotini topib kelgan haqiqat ekanligini yaxshi anglaymiz. Aslida ham, bir umr mehnat qilib, farzand tarbiyalab, el-yurt koriga yarab yashayotgan har bir inson keksayganda hurmat-izzat ko‘rib, e’zozlanib, hayotidan rozi bo‘lib yashashga munosibdir.
“Oliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Turayev