Shoirning hayotiy-ijodiy yo‘liga bir nazar
Xalqimiz azal-azaldan she’riyatga oshno, she’rning qadrini asrlar davomida yuksaklarga ko‘targan zakiy xalq. Shu asnoda xalqimiz ichidan ham she’riyat olamining zabardast vakillari yetishib chiqqan. Mana shunday shoirlardan biri –O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘ladi. Bugun institutning "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining bir guruh ijodkor, tashabbuskor talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari “Adiblar xiyoboni”da o‘zbek xalqining buyuk adibi Abdulla Oripov siymosi aks etgan haykal qoshida jam bo‘lishdi. Institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriev, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbaev, dekan muovini X.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri A.Bobojonov, institut xotin-qizlar kengashi a’zosi Z.Hafizova, fakultet xotin qizlarlar qo‘mitasi raisi O.Ro‘ziqulova hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtiroki o‘tkazilgan tadbir ajoyib taassurotlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ajoyib adabiyotshunos olim G‘ofurjon Tojiboev o‘zining ajoyib she’rlari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda adibning zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, davlat va jamoat ishlaridagi faolligi, yosh ijodkorlarni tarbiyalashdagi jonkuyarligi haqida so‘z yuritildi. Biz Abdulla Oripov deganda buyuk iste’dod egasi, yorqin siymo, ham ijodi, ham hayot yo‘li bilan ibrat bo‘lgan ustoz keladi, – deydi ajoyib adabiyotshunos olim G‘ofirjon Tojiboev. – Ustozning nomlari allaqachon xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan. Biz Abdulla Oripov deyishimiz bilan “O‘zbekiston – Vatanim manim”, "Men nechun sevaman O‘zbekistonni?", “Birinchi muhabbatim” va boshqa ko‘plab she’rlar keladiki, ular bugun xalq hikmatlariga aylanib ketgan. Har kuni madhiya bilan uyg‘onamiz, madhiya bilan uyquga ketamiz. Yoshlarning vazifasi nima, degan savollarga shunday javob berib o‘tdi shoir.
Abdulla Oripov she’rlaridagi mazmun-mohiyatni, hikmatni chaqish kerak, kelajak avlodlarga bu bebaho merosni bus-butun yetkazish kerak. U insonning har bir she’lari chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi deb aytib o‘tdi.Darhaqiqat O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she’riyati katta o‘rin tutadi. Shoirning ijodiga she’rlariga qiziquvchi fakultetimiz iqtidorli, tashabbuskor talaba-yoshlarimiz uning she’rlarini aytishdi. Faol ishtirok etgan talabalarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan shoirning she’riy tuplamlaridan sovg‘a qilishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati