O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari sohiblariga guvohnomalar topshirildi
2020 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 2020 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari sohiblariga tegishli guvohnomalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi rahbariyati, rektorlar, Prezidenti Davlat stipendiyalari sohiblari va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etishdi. 2020 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari sohiblariga guvohnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimkulov topshirdi. 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda 28 ta oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan 43 nafar nomzod qatnashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagilar 2020 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari sovrindorlari bo‘lishdi:
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot va huquq yo‘nalishida Karimov Nodir Raxmonqulovich – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti;
- Qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishida Eshmatov Sirojiddin Keldiyarovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti;
- Energetika, resurslar, sanoat yo‘nalishida Salijonova Shaxnozaxon Dilmurodovna – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti;
- Sog‘liqni saqlash, sport va ekologiya yo‘nalishida Niyazova Zebiniso Anvarovna – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tayanch doktoranti;
- Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishida Atamuratova Muxayyo Shavkatovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tayanch doktoranti.