Beshta muhim tashabbusning ijrosi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusida “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish” masalasi keltirilgan.
Ushbu beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti A. Turdiboev va S. Nomozovlar boshchiligida 5430200-“Qishloq xo‘jaligi energiya ta’minoti” yo‘nalishi 1 bosqich 101-102 guruh talabalari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa 101-guruh talabalari 3-1 hisobida g‘alaba qozondi. Institutimizning barcha 1 bosqich talabalarini futbol musobaqasida bellashish uchun taklif qilamiz.
TIQXMMI matbuot xizmati