“Tozalik - ozodalik” mavzusida davra suhbati
"Gidromelioratsiya" fakultetidagi “Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish” kafedrasi ayollari “Tozalik - ozodalik” va qizlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda bir qancha tavsiyalar berib o‘zaro fikr almashishdi. Davra suhbatida ko‘plab masalalar qatori qizlar tarbiyasiga oid fikrlar bildirilgani, bu borada bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida ham fikrlar ilgari surilgani, ko‘nglimizdagi maqsad-muddaolarga hamohang bo‘ldi. Ayniqsa, qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’dod hamda qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular orasida haqiqiy yetakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish kerakligi xususidagi mulohazalaro‘ o‘rtaga tashlandi.
Tan olishimiz kerak, hozir ayrim yosh kelinlar, bo‘lg‘usi onalar ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarga sarflayapti. U yerdagi huda-behuda narsalar qiz-juvonlar fikrini chalg‘itishi mumkin. Mana shunday paytda ularni qiziqarli nashrlarga jalb etish, qiziqqan kasblariga yo‘naltirish ayni muddaodir.
GMTF kafedrasi assistentlari M.T Muxammadieva va S.A Do‘stnazarovalar axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati