Innovatsion hamrohlik
,,Gidromeloratsiya” fakulteti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi ,,Suv xo’jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish’’ yo’nalishi 307-guruh talabalari “ECO DRIP” korxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar tomchilatib va yomgirlatib sug’orish usullarini butlovchi qismlarini ishlab chiqarishdan tortib loyihalash, qurish va to’liq ishchi holda topshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Talabalarga sug’orishdagi eng so’nggi innovatsion uskunalar bilan korxona mutaxassisi Islom aka batafsil tanishtirdi. Shuningdek, talabalar guruh murabbiyi hamrohligida “ECO DRIP” korxonasining “showroom” xonasida ham bo’ldilar va qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
“GMTF” kafedrasi assistenti Daulet G’ulomov axboroti
ТИҚХММИ matbuot xizmati