Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ogoh qildi

Mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganida harakat qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi shu bilan birgalikda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti  3-Talabalar turar joyida 02.03.2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimlari Hikmatullayev Samandar  Yusufjonovich hamda Zurapova Nasiba Miratxamovnalar tashrif buyurishdi.

Ular 1-2-3-4-Talabalar turar joylari faol talabalari, TTJ Direktori I.Buxorov, Bino boshliqlari,  Pedagog-tarbiyachilar Talabalar turar joylari kengashi raisi J.Saidahmedovlar bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi xususida so’z yuritildi. Ayni damda respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjudligi  e’tirof etildi.

Talabalarimizga Is gazidan notog'ri foydalanish oqibatida kelib chiqqan noxushliklar e‘tiborsizlik oqibatida bir qancha insonni hayoti xavf ostida qolganliklarini  slaydlar orqali ko’rsatib o'tishdi. Bu tadbirda talabalar o'zini qiziqtirgan savollarga qaniqarli javoblar olishdi. Bu kabi tadbirlarni tez-tez o'tkazib turish haqida takliflarni berishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati