Huquq buzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
Bugun Yer resurslarini boshqarish fakultetida qarashli 1-talabalar turar joyida talab-yoshlar o'rtasida turli yot g`oyalardan himoyalashning samarali uslublari va uning zararli oqibatlarini keng yoritish, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquq buzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish hamda ma'naviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida huquq-tag`ibot organlari bilan hamkorlikda fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, 1-talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi SH.Islamova, talabalar turar joy kengashi raisi J.Saidahmedov, 1-talabalar talabalar kengashi raisi M.Mamatovlar tashabbusi bilan tadbir o'tkazildi. Tadbirda o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etgan soha hodimlari Toshkent shahar Yunusobod tumani IIOFMB 1-sonli IIB HPB “Mirzo Ulug`bek” mahalla profilaktika inspektori kapitan Saidahmedov Sarvar Sunnatovich hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek mahalla fuqarolar yig`ini raisi Yusupov Ravshan Abidovichlar so'zga chiqib, bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson havfsizligiga huruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, ko'pchilikni tashkil etayotganligi, hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug`dirayotganligini aytib o'tdi.
Shuningdek yoshlarni boshqa davlatlarda kechayotgan nohush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki o'z tinchligimizning qadriga etish, uni har qanday taqdidlardan asrab-avaylash ekanligini ta'kidladi. Shuningdek bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz spirtli ichimliklarga ruji quyayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir etayotganli to'g`risida ham talaba-yoshlar tushunchalar berib o'tishdi. har qanday urush begunoh aholining qiyinchiliklari va iztiroblari bilan tugaydi, lekin bu kabi tartibsizliklarga ayrim kimsalar bundan faqat moddiy manfaat topish uchungina yo'l uradilar. Biz bu tinchlikka osonlik bilan erishganimiz yo'q shuning uchun endi uni qadrlashimiz, asrashimiz kerak va zarurligini, O'zbekistonimizni asrash, uning tinchligini barqarorlashtirish esa yoshlarning qo'lida ekanligi to'g`risida ham tushunchalar berib o'tdi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutahassislar tomonidan to'liq va aniq javoblar berildi. Shundan so'ng fakulьtetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari H.Eshova barcha tadbir ishtirokchilariga o'z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.
ЕRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Hurriyat Eshova ahboroti
TIQXMMI matbuot hizmati