Investitsiya – iqtisodiy taraqqiyot omili
2021-yil 3-aprel kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti binosidagi ATB “Turonbank” xonasida moliya banki tizimidagi dolzarb masalalar, iqtisodiyotning real sektorida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Loyihalarni milliy valyutada kreditlar masalalari” mavzusida ATB “Turonbank”ning Investitsiya faoliyatini mkvofiqlashttirish va loyihalarni boshqarish Markazi direktor o‘rinbosari Amirov O‘ktam Usmon o‘g‘li ma’ruza qildi.
Seminar ishtirokchilarini tadbirkorlik ishni boshlash uchun bank kreditlari olish mexanizmlari masalasi qiziqtirdi. Ma’ruzachiga bankdan kredit olish tartibi to‘g‘risidagi ko‘plab savollar berildi. Har bir savolga aniq va tushunarli javoblar olishdi. Seminarda ishtirok etgan talabalarda bankka ishga kirish jarayoni bilan bog‘liq masalalar ko‘proq qiziqtirdi. Ma’ruzachi ularning barcha savollariga to‘liq javoblar berdi. Bankka ishga qabul qilinish jarayonida o‘rnatilgan tartib bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirdi. Seminar fakultet professor-o‘qituvchilari, magistr va talabalari uchun foydali bo‘ldi.
TIQXMMI matbuot xizmati