Respublika fan olimpiadasining I (institut) bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29-30 mart kuni institutimizning 2, 3 va 4 - bosqich talabalari o‘rtasida “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan Respublika fan olimpiadasining I (institut) bosqichi bo’lib o’tdi. I bosqichda jami 21 nafar talaba ishtirok etdi.
Natijalarga binoan g’oliblarga esdalik sovg’alari topshirildi. I bosqich yakunlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan QSXET fakulteti 302-guruh talabasi Nuraliyev Sardor g‘olib deb topildi va Respublika fan olimpiadasining II bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
TIQXMMI matbuot xizmati