Kurash maydonidagi mardlik
Joriy yilning 29-30 aprel kunlari institutimizning sport zaliga xuddi Ispaniyaning matodorlari musobaqa maydoni ko‘chirib keltirgandek, taassurot uyg‘otdi o‘sha kuni. To‘rt tomoni gullar va qip-qizil cho‘g‘dek ko‘zni quvontiradigan alvon rangli pardalar bilan muzayyan etilgan sport maydonchasida kurash bo‘yicha musobaqa tashkil etilgandi. Kurash ming yillar davomida xalqimizning mardligi, jasurligi va halolligi timsoli sifatida e’zozlab kelinadi. Zotan, o‘zbek kurashi uzoq asrlar tarixga ega. Istiqlol sharofati bilan bu noyob milliy sport turi o‘z rivojlanishining yangi davriga qadam qo‘ydi.
Kurash bo‘yicha turli atamalar xalqaro sport lug‘ati tarkibidan mustahkam o‘rin egallagani rost. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Faxriy Prezidenti Sh. Mirziyoyev” “Jahon sport maydonlarida “Halol”, “G‘irrom”, “Chala” va “Yonbosh” degan so‘zlar jaranglab O‘zbek nomini O‘zbekiston nomini dunyoga tarannum etadi”- degan edilar.
Kurashni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan eng katta maqsadlardan biri uni yurtimizda va jahonda yanada ommalashtirishdir. 2021-yil 29-30 aprel kunlari an’anaviy tusga kirgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Kurash milliy sport turi bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman “Prokuror kubogi” sovrini uchun qiziqarli va murosasiz bellashuv, Institutimiz sport majmuasida o‘tkazildi. Mazkur musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib polvonlarni qimmatbaho sovg‘alar bilan Toshkent shahar prokurori, Toshkent shahar Kurash federatsiyasi raisi Ulug‘bek Qosimov, Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Farhod Boboniyozov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ro‘zimurat Choriyevlar tantanali ravishda munosib taqdirladilar.
“Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Norqobilov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati