Ispaniyalik professor ma’ruza o‘qidi
2021-yilning 30-aprel kuni Ispaniyaning Barselona shahridagi Leida Universiteti professori Flosel Sabate Kurul institut talabalariga “O‘rta asr Ispaniyasi va Amir Temur” mavzuidagi ma’ruza qildi. Ushbu xalqaro tadbirni xalqaro bo‘lim boshlig‘i Sherzod Rahmonov olib bordi.
Olim tomonidan olib borilgan ma’ruza institutimiz bilan Leida universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida tashkil etildi. Flosel Sabate o‘z ma’ruzasida hali o‘zbek tarixchilariga ma’lum bo‘lmagan yangi ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. Shu paytgacha Amir Temurning elchisi Muhammad Keshiyning o‘zi Ispaniyaga borganligi haqida bilar edik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad Keshiy o‘zi bilan birga beshta diplomatni, Boyazid Yildirim saroyidan ozod etilgan malika Anjelina va yana uchta nasroniy ayolni ham olib kelgan. Bu albatta, Amir Temurning yuksak diplomatik qobiliyatidan darak beradi. Bu kabi yangiliklar ma’ruzada ko‘plab keltirib o‘tildi. Ma’ruzada GTQ, QXM talabalari faol ishtirok etishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati