TIQXMMI Buxoro filialida “Resurs tejamkor qishloq va suv xoʻjalik texnikalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tmoqda
“Resurs tejamkor qishloq va suv xoʻjalik texnikalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi respublika ilmiy–amaliy anjumani o‘z ishini boshladi. Yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumanining ochilishi 2021-yil 3-iyuinida filial ilmiy kengashlar zalida boshlandi.
Anjumanni ochilishida Buxoro viloyat hokim o'rinbosari M.M. Xamroyev, TIQXMMI rektori prof., U.P.Umurzakov, Viloyatlararo Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi boshligʻi R.M.Ostonov, TIQXMMI Buxoro filiali direktori, t.f.d., Sh.J.Imomov, institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Anjuman o‘z ish faoliyatini 8 ta sho‘ba bo‘yicha dasturda belgilangan joylarda 3-4-iyun kunlari davom ettiradi. Anjumanni yopilishi tadbiri 4-iyun kuni soat 14:00 da Ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilishi belgilangan.
TIQXMMI Buxoro filiali Matbuot xizmati
TIQXMMI matbuot xizmati