Talaba qizlarning kiyinish odobi

    Kiyinish madaniyati – insonning tashqi koʼrinishi, maʼnaviy dunyosi , estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga boʼlgan qarash insonning goʼzallik, nafosat, odob borasidagi koʼz qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. Shuni alohida taʼkidlab oʼtish joizki, bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga boʼlgan eʼtibor va talab ham oʼzgarib bormoqda. Qizlarimizning hayo va ibosi eng katta boylik. Bu ularning yurish-turishi va koʼrinishi kiyinishida, muomalasida oʼz ifodasini topadi. Qizlarimiz bilan shu xususda oʼtkaziladigan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. 2020 yil 30 -oktyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xujaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti GM fakulьteti xotin-qizlar kengashi tomonidan 1-kurs talaba qizlari oʼrtasida «Talaba qizlarning kiyinish odobi» mavzusida onlayn suhbat oʼtkazildi.Tadbir davomida kiyinish odobi – insonning maʼnaviyati va didi, dunyoqarashini belgilashi insonni muvaffaqiyatga erishishida muhim omillardan biri ekanligi, ish va oʼqish joylarida kiyinishning oʼrni va ahamiyati  toʼgʼrisida fikrlar bildirildi. Bu borada "Gidravlika" kafedrasi professori  I. Аxmedjojaeva tomonidan talaba qizlarimizga kerakli maslahat va yoʼl-yoʼriqlar berildi.

Suhbat davomida talaba qizlarning qiziqarli savollariga «Olima ayollar» klubi rahbari dotsent U. Sangirova maʼruza qildilar. Maʼruza vaqtida klubning maqsadi, rejalari, institutda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatilar toʼgʼrisida tushunchalar berib oʼtdilar. Suhbat juda maroqli tarzda davom etdi. Bunday tadbirlarning uzluksiz ravishda tashkil etilishi rejalashtirildi.


TIQXMMI matbuot xizmati