Munosib rag’bat
Rag’bat jamoani ham, rahbarni ham ruhlantirishi tabiiy. Bu qilingan, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar uchun emas balki, kelajakdagi rejalarni amalga oshirish borasida sizga kuch - g’ayrat va shijoat baxsh etishi tabiiy. O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vaziri Majidov Inomjon Urishevich tomonidan TIQXMMI jamoasiga yo’llangan faxriy yorliq va tabrik xati ham ana shunday mazmunda chuqur mohiyat kasb etgani rost. Faxriy yorliqda jumladan, shunday fikrlar ifoda etilgan. 3-renessans poydevori bo’lgan yosh avlodga bilim va fazilat o’rgatishda shaxdam qadamlar tashlayapmiz. Bunday islohotlar ilm-fan ta’lim-tarbiya, ilmiy-texnik taraqqiyot sohasida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Tabrik xatda muhtaram Prezidentimizning “Xalqimizning ulug’vor qudrati jo’sh urgan hozirgi zamonda O’zbekistonda yangi bir uyg’onish – Uchinchi renessans davriga poydevor yaratilmoqda desak, ayni haqiqat bo’ladi”, - degan fikrlari keltirilgan. Jonajon O’zbekistonimizning jahonda tutgan o’rni va nufuzi imiji va obro’si ortib borishida oliy ta’lim tizimi ham o’z hissasini qo’shib kelayotgani rost. Yaqinda Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligining Rivojlanatayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo unversitetlarining 2021-yil uchun eng yaxshi universitetlari reytingida O’zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi joy olganini mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining xalqaro e’tirofi deb bilamiz. Bunday yuksak e’tirofga TIQXMMI qatorasiga 2-marta erishayotgani hammamizni quvontirdi. Institut QS agentligining 2019-yildagi reytingida qayd etilgan O’zbekistondagi ilk oliy ta’lim muassasasi bo’ldi va o’tgan yilga nisbatan yana 100 pog’ona yuqorilash bilan o’z mavqeini yuksakladi. Buning barchasi institut rahbariyati boshchiligidagi fidoyi, jonkuyar, taraqqiyparvar professor-o’qituvchilar va butun institut jamoasining tinimsiz va mashaqqatli mehnati samarasi deyiladi tabrik xatida. Bu bugungi yutuqlar institutning keyingi yillardagi xalqaro reytinglarda yanada yuqori egallashiga yuksak zamin yaratadi. Shuniungdek, vazir xatida muhtaram rektorimiz hamda institut jamoasi nomiga shunday dil istaklari bitilgan.
Hurmatli O’ktam Pardayevich!
Institutning jonkuyar, fidoyi jamoasi!
Sizlarning Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti, ularning xalqaro miqyosdagi obro’ e’tibori yo’lida qo’shayotgan hissangiz uchun raqobatbardosh yosh avlodni voyaga yetkazish, hayotga yo’llanma berish, ilm-fanni taraqqiy ettirish yo’lidagi beqiyos xizmatingiz, beg’araz va fidokorona xizmatingiz uchun vazirlik jamoasi nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Barchangizga sihat-salomatlik oilalaringizga baxt-u saodat xonadoningizga fayz-u Baraka kelajaklardagi ishlaringizga yangi omadlar tilaymiz doimo sog’ va omon bo’ling, - deb vazir minnatdorchilik rag’bat xati-faxriy yorlig’ini yo’llaganlar. O’ylaymizki, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi borasida jamoamiz bundan keyin ham ulkan yutuqlarga erishadilar.
TIQXMMI matbuot xizmati