To‘g‘ri ovqatlanish - uzoq umr garovi
2 - Talabalar turar joyida "Sogʻlom ovqatlanish – yuksak madaniyati" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Donishmandlar inson ovqatlanish qoidalariga amal qilsa, 120-yil yashaydi, deya bashorat qilgan. Abu Ali ibn Sino esa sogʻlom turmush tarziga amal qilinsa, undan ham uzoqroq umr koʻrish mumkinligini aytgan. Dasturxon atrofida odob bilan oʻtirish, kam gapirish, ogʻizni chapillatmay yeyish hamda kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaslik singari qoidalar bolaligimizdan singdirilgan, yod boʻlib ketgan, bu borada ortiqcha pand-nasihatga hojat yoʻq, deyishingiz mumkin. Fikrlaringiz oʻrinli. Ammo bir haqiqat borki, hamma ham toʻgʻri ovqatlanish qoidalarini bilavermaydi yoki amal qilmaydi. Agarda organizmimizda suv balansiga eʼtibor qaratib, kunlik miqdorni, qaysi mahsulotlardan voz kechib, qay birlarini koʻproq isteʼmol qilishni, muhimi, qaysi oziq-ovqatni qaysi bilan yeyishni bilganimizda edi, donishmandlar aytganidek, uzoq umr koʻruvchilar safi tobora kengayib, semizlik, diabet, qon bosimining koʻtarilishi, ateroskleroz, insult, infarkt va shu kabi bir qancha yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar soni yildan-yilga oshib bormasdi.
Ovqatlanish – bu duch kelganini paqqos tushirish degani emas. Hayot va mehnat tarzimizning faolligi, salomatligimiz koʻp jihatdan qanday ovqatlanayotganimizga bogʻliq. Oʻzimizni lohas his qilib, boshimiz tinimsiz ogʻrisa, oshqozonimiz tez-tez bezovta boʻlsa, ozib yoki semirib keta boshlasak, darhol ovqatlanish tartibimizni oʻzgartirishimiz kerak boʻladi. Ovqatlanish – bu duch kelganini paqqos tushirish degani emas. Uning ham oʻz tartibi bor. Masalan, ayni paytda koʻpchilik kuniga uch marta ovqatlanish kerak, deb hisoblaydi. Ammo mutaxassislarning aytishicha, odamlarning necha marta ovqatlanishi, ovqatning kaloriyaliligi ular bajaradigan mehnatning ogʻir-yengilligiga, yaʼni energiyaning qay darajada sarf boʻlishiga muvofiq kelishi kerak. Aqliy va jismoniy mehnat bilan band boʻlgan kishilar uchun ham sutkalik ovqat ratsionining kaloriyaliligi shunday prinsipda taqsimlanadi. Sogʻlom ovqatlanish boʻyicha hozirgi zamon mutaxassislari esa kuniga besh marta ovqatlanish kerakligini uqtirishmoqda. Tadbirda GIM, GTS, QSXET talabalari qatnashishdi.
Tarbiyachi-pedagog, psixolog Dilorom Sagdullayeva axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov