Istiqlol sharaflari
“GIM” fakulteti "Gumanitar fanlar" kafedrasining professori Hojiakbar Hamidov va katta o‘qituvchisi Otabek Normatov ishtirokida 30-yanvar kuni Mirobod tumanidagi 154-sonli o‘rta maktab jamoasi va bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Dastlab maktab direktori Nasiba Mirsoatova so‘zga chiqib tadbirga mehonlarini tanishtirib mustaqillik me’mori I.Karimov olib borilgan ishlari to‘g‘risida to‘xtab o‘tdilar. Shundan so‘ng "Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Otabek Normatov so‘zga chiqib O‘zbekistonda Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillik asoschisi 25 yil davomida olib borilgan ishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilar.
Professor Hojiakbar Hamidov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining mustahkamlanishi ikkita rahbarning faoliyati bilan bevosita bog‘liqligini alohida e’tirof etdilar. Ular o‘z so‘zlarida I. Karimov - O‘zbekiston davlat mustaqilligining asoschisi bo‘lsa, Sh. Mirziyoyev - xalq manfaatlarini himoya qiluvchi islohotlar davomchisi va yulboshchisi ekanligini uqtirib o‘tdilar. So‘ngra o‘zlarining ijod mundarijasidan o‘rin olgan dilbar qo‘shiqlaridan bir nechtasini ijro etib davraga fayz kiritdilar.
"Gumanitar fanlar" kafedrasi assistenti Bahriddin Muqimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov