Auditoriyadan ishlab chiqarishga (5+1)

Kuni kecha “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Suv xo’jaligi va meliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” ta’lim yo’nalishi 304-guruh talabalari kafedra katta o’qituvchisi Maqsud Karimov boshchiligida “AMKODOR AGROTEXMASH” MCHJ da “Qurilish mashinalari” fanidan o’z amaliy mashg’ulotlarini o’tqazdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktabrdagi  5847-sonli farmoniga binoan 5+1 tizimini oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish va ishlab chiqarish bilan ta’lim jarayonini integratsiyasini yaxshilash maqsadida ushbu jamiyatda kafedra filiali tashkil etilgan bo’lib, amaliy dars mashg’ulotlari doimiy olib borilmoqda. Har safargi amaliy mashg’ulot davomida institutimiz professor-o’qituvchilaridan tashqari aksiyadorlik jamiyati tomonidan biriktirilgan tajribali xodim hamrohlik qiladi va talabalarga o’z bilim, ko’nikma va malakasini yetkazib berishga harakat qiladi. Bunday amaliy hamkorlik albatta, talabalar dunyoqarashini amaliy jihatdan o’stirishga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.

ТИҚХММИ матбуот хизмати