Xalqaro anjuman samarali yakunlandi

2021-yil 2-3 mart kunlari “Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin - qizlarning ilm – fan taraqqiyotidagi roli va Gender tenglik” mavzusidagi I-halqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanning  ochilishida O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroturasi, Britaniya kengashi, Ural Federal Esbatini universiteti, Janubiy Afrika universiteti, Kirg‘iziston Respublikasi, Osh gumanitar pedagogika instituti, Sloveniyadagi Sifat Oliy ta’lim instituti, Oksford universiteti, BMT Taraqqiёt Dasturi, Leybnis qishloq xo‘jaligi Landshafti tadqiqot markazi, Asosiy Global Assotsiatsiyasi, Avstraliya, Markaziy Osiёning barqaror innovatsiyalar byurosi, Toshkent irrigasyai va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi, Oila va mahalla ilmiy tadqiqot instituti, “Tadqiqot.uz” halqaro ilmiy jurnallar portalidan barcha taklif etilgan ishtirokchilar qatnashdilar. Bu esa anjumanning  salohiyatini oshirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Anjumanning birinchi kunida yuqoridagi tashkilotlarning salohiyatli rahbarlari va professor-o‘qituvchilari anjuman mavzusi yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan chiqdilar. Ma’ruzalar juda qiziqarli va ishtirokchilarda yaxshi tassurotlar qoldirdi.

3-mart kuni esa anjumanning davomi sifatida sho‘balar kesimida ma’ruzalar tinglandi.Ular:

Ilm – fan - texnika va innovatsiyalar samaradorligini ta’minlashda olima ayollarning ishtiroki.

- Yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan innovatsiyalar, ma’naviy ma’rifiy islohotlar.

- Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda xotin-qizlarning o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning shart-sharoitlari.

- Davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyot tarmoqlarida hamda OTM-Oila mahalla xamkorligida xotin-qizlarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatiga jalb etish.

- Globallashuv sharoitida xotin-qizlarning intellektual saloxiyatlarini yuksaltirishning zamonaviy muammolari.

- Oiladagi tazyiq va zuravonlikni oldini olish hamda gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan.

Sho‘balar bo‘yicha 3 ta seksiyada, har bir seksiya institutimizning belgilangan zallarda onlayn asosida tashkil etildi. Institutimiz va hamkor tashkilotlar tomonidan rais va hamraislar: O.R.Jamoldinova – pedagogika fanlari doktori, professor. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining maslahatchisi,pedagogika fanlari doktori, professor;   D.A.Solixo‘jaeva -  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining gender maslahat kengashi a’zosi;  A.Musurmonova - O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vazirligi tasarrufidagi “Oila va mahalla ilmiy tadqiqot instituti” direktor o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor;  Z.Ismailova – Xotin qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi, pedagogika fanlari doktori, professor; U.Sangirova - iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent; D. Mustafaeva – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent v.b va G.Eshchanova “Ingliz tili”kafedrasi katta o‘qituvchisi bilan birga ma’ruzalar yuqori saviyada tashkil etilib borildi.

Sho‘balarda barcha  kelib tushgan maqolalardan 70 foizi o‘z ma’ruzalari bilan viloyatlar kesimida, shu bilan birga xorijiy ma’ruzachilarimiz ham qatnashdilar. Qatnashganlarning ma’ruzalari ilmiy, asoslangan va shu bilan birga anjuman mavzu doirasidagi  ishlanmalar, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanib natijalar olingan tayanch doktorantlar ma’ruzalari vaholanki, institutimizda ham aynan Gender tenglik masalalarida ilmiy ishlar olib borgan professor-o‘qituvchilarimiz ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Bu albatta, tahsinga loyiq. Anjumanda ma’ruzalar qilgan barcha mutasaddi xodimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar tomonidan juda ko‘p takliflar ham  berildi. Bu takliflarini jamlagan holda anjuman tashkilotchilari bu masalalarni hisobotda keltirib, tegishli tashkilotlarga yetkazishni anjuman yakunlovchi yig‘ilishida aytib ketdilar. Biz o‘ylaymizki, buni amalga oshirishda barcha ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi tomonidan amaliy ishlar qilinadi.

Anjuman natijasi sifatida yana bir narsaga urg‘u berib o‘tishni joiz deb bildik. Bular: xorijiy davlatlar bilan hamkorlik yanada kengaydi, barcha OTM professor-o‘qituvchilari va doktorantlar bilan umumiy mavzuda “Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin - qizlarning ilm – fan taraqqiyotidagi roli va Gender tenglik” bo‘yicha  hamkorlik aloqalari tiklandi, OO‘MTV, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Oila va mahalla” ilmiy tadqiqot instituti va barcha mutasaddi tashkilotlarda shu sohada ish olib borilayotgan bo‘limlar bilan aloqalar tiklandi. Bunday anjumanlarni yanada qamrab olish ko‘lamini kengaytirgan holda o‘tkazishni taklif qilib qoldilar.

Anjuman ishtirokchi mehmonlarga  institut bilan hamkor xorijiy tashkilotlar SERTIFIKATlari va barcha ma’ruza bilan ishtirok etganlarni ”Ma’ruza bilan qatnashdi” Sertifikati va maqolalari bilan ishtirok etganlar uchun “Ishtirokchi” sertifikatlari elektron variantlari bilan yetkazilishi e’lon qilindi.

TIQXMMI matbuot xizmati