Muqaddassan, ayol
Bahor – bu bayramlarga boy yil fasllaridan biridir. Bahor – bu ayol go‘zalligi va nafosati faslidir. Bahorda barcha qiz va ayollar chiroyiga chiroy qo‘shiladi. 8-mart bayrami yaqinlashib kelmoqda. Ushbu kun ham quvonchli, ham tantanali bayramlardan biridir. Ayollarning ichki dunyosi ajoyib va ko‘p qirralidir. Hech bir soha yo‘q-ki, qachonki unga ayolllarning kuch-qudrati va mehnati singmagan bo‘lsa. Ushbu kunda odamlar butun dunyo ayollari erishgan yutuqlarni olqishlaydilar. Buyuk grek faylasufi shunday degan edi: “Vatan taqdirini yoshlarning tarbiyasi hal qiladi”. Ushbu bayramni nishonlay turib, shuni unutmaslik muhimki, ayollarning nafaqat go‘zalligi va mehribonligi balki ularning mehnatsevarligi kishini lol qoldiradi. O‘zbekiston ismlari tarix zarvaraqlariga umrbod muxrlanib qolgan ayollar nomlariga boydir. Malikalar, olimalar, qo‘shiqchilar, shifokorlar, o‘qituvchilar – ularning har biri o‘zlaridan keyin muhim iz qoldirdilar. Institutimiz tarixida olima ayollarimiz munosib o‘rin egallaganlar.
1946-yilda irrigator-ayol T. A. Kolpakova tashabbusi bilan “O‘rta va kichik gidroelektrostansiyalar qurilishi” fakulteti tashkil etilgan. Bundan tashqari professor ayollarimizdan biri M. Shoumarova institutimiz fahri hisoblanadi. Respublikamizda rus tilini o‘rganishning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan insonlardan biri professor ayol M. A. Batыrovadir. Institutning birinchi kutubxonasining tashkil etilishida R. D. Klimkina, B. U. Tashkuzieva, M. N. Xodjaeva, V. I. Makovalarning mehnatlari beqiyosdir. Bu insonlarning barchasi o‘z ishlariga sadoqat borasida mamlakatimizning yosh avlodlari uchun yorqin namuna bo‘la oladilar. Yaqinlashib kelayotgan 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida barcha ayollarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va buyuk Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi mehnatlarida ijodiy zafarlar tilaymiz.
Axborot – resurs markazining “Ilmiy-uslubiy, axborot-ma’lumot bo‘limi” mudiri N. Yu. Milichenkova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati