Baxtim shul - o‘zbekning Zulfiyasiman
Bahorning ilk kunlarida xotin-qizlar bayramining nishonlanishida ham ajib bir ramziy ma’no borga o‘xshaydi. Zero, bahor ham, ayol ham go‘zallik, nafosat ifodasidir. Shuningdek, vafo va sadoqat timsoli, asl sharq ayoli Zulfiyaxonim tavallud kunlari xam yurtimizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda.
Xususan 2021-yil 3-mart kuni TIQXMMI, GM fakulteti xotin- qizlar Kengash a’zosi Z.F. Beknazarova fakultet talaba qizlari bilan "Adiblar xiyoboni"dagi “Zulfiyaxonim monumentiga” va Mustaqillik maydonidagi “Ona haykaliga” tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talaba qizlar Zulfiyaxonimning bosib o‘tgan yo‘li, ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy va she’riy chiqishlarini namoyish etishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati