Ilm-fan talabi – Vatan talabi

Hamkorlikdagi natijalar har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘libgina qolmay, balki soha rivojini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ilmiy va amaliy yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikning samarasi va natijalari mohiyatlidir. Shu nuqtai nazardan olganda, Rossiya federatsiyasining Janubiy federal universitetining delegatsiyasi rasmiy tashrifi e’tiborga molikdir. 
2-3 aprel kunlari institutimizga tashrif buyurgan delegatsiyada Janubiy federal universitet tarkibidagi Yer to‘g‘risidagi Institut direktori Kuznetsov Andrey Nikolayevich, Ta’lim va ilmiy innovatsion loyihalar departamenti boshliq o‘rinbosari Sitsuashvili Ruben Arturovichlarning bo‘lishi ayniqsa, quvonarlidir. 
Janubiy federal universiteti xalqaro reyting QS TopUniversities’da 531-o‘rinda, Rossiyaning milliy reytingida esa birinchi o‘ntalikda joy olgan bo‘lib, ko‘plab sohalarda, jumladan, gidrogeologiya, gidrogeologiya, yerdan foydalanish yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar yetishtirish bo‘yicha mamlakatda yetakchilik qiladi. 
Prorektor Bahodir Suyunovich Mirzayev mehmonlarga dastavval, institut haqida umumiy yo‘sinda ma’lumot berib o‘tdilar. So‘ngra delegatsiya bilan keng qamrovli muzokaralar boshlab yuborildi. Shuningdek, ularga institutning barcha fakultet laboratoriyalari va ilmiy salohiyati ham namoyish etildi. Muloqot jarayonida delegatsiya vakillari bilan kelajakdagi hamkorlik bo‘yicha kelishib olindi.
Tashrif buyuruvchilarni Toshkent bo‘ylab diqqatga sazovor joylarga ham olib borilishi ham mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

 


Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sherzod Rahmonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov