Ekstremizm, terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid
Hozirgi kunda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo hamjihatlikni saqlash, barkamol yoshlarni tarbiyalash muhim vazifa hisoblanadi. Shu bois yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish, ular oʼrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli vazifalarga va salbiy illatlar oqibatlarini tushuntirishga oid ishlarni jadallashtirishga davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan muhim eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida ham talaba-yoshlarimizni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida, aynan iqtidorli talabalarimiz takliflaridan kelib chiqib, bugun biz “Ekstremizm, terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazishni rejalashtirdek. Bugungi Onlayn-tadbirga "Yer resurslarini boshqarish" fakulьtet dekani Sh.Narbaev, institut matbuot kotibi R.Jumaniyozov va fakulьtetning Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini X.Eshova moderatorlik qildi. Tadbirda fakulьtetning professor-oʼqituvchilari, talabalar-yoshlari, xohlovchilar hamda Toshkent shahar M.Ulugʼbek tumani boʼyicha IIO FMB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi Аbdujabbarov Doniyor Dadaxodjaevich, Mirzo Ulugʼbek tumani IIO FMB TEQKB xodimi mayor S.А.Tajidinovlar tadbir mehmoni sifatida ishtirok etishdi. Tadbirda soʼzga chiqqanlar “Ekstremizm, terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” muammosi jamiyat, millat ravnaqiga jiddiy putur yetkazuvchi boʼlib, hozirgi dunyo davlatlarini tashvishga solib kelmoqda. Shu sababli ham dunyoda millionlab insonlar hayotdan bevaqt koʼz yummoqda. Qayd etilganidek, diniy ekstremizm va terrorizm maʼnaviy tahdidlarning bir turi boʼlib, ular asosan yoshlar orqali vayronkor gʼoyalarni harakatlantiruvchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitutsion tuzumni agʼdarib tashlashga daʼvat etuvchi tajovuzkor siyosiy faoliyatdir. Bugungi kunda internet tizimida yuzlab terroristik saytlarning aniqlangani oʼta xavotirli holatdir. Ular internet tizimi orqali oʼzlarining diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik kabi turli buzgʼunchi gʼoyalarini targʼib etmoqda.
Ming afsuski, mafkuraviy immuniteti shakllanmagan ayrim yoshlar bu yot gʼoyalar taʼsiriga tushib qolishmoqda. Ushbu davra suhbatidan koʼzlangan maqsad ham dunyoning turli mintaqalarida ziddiyatlar, beqarorlik kuchaygan, ixtiloflar davom etayotgan bir sharoitda yoshlarimizni turli zararli taʼsirlardan himoya qilishdir. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarimizda gʼoyaviy, mafkuraviy immunitet hosil qilish darkor, — dedi Toshkent shahar M.Ulugʼbek tumani boʼyicha IIO FMB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi Аbdujabbarov Doniyor Dadaxodjaevich, — Bunday yot oqimlarning taʼsiriga tushib qolmaslik uchun, avvalo, milliy tafakkur va sogʼlom dunyoqarashni shakllantirish lozim. Qolaversa, soʼnggi yillarda aqidaparast, diniy ekstremistik oqimlar oʼz gʼoyalarini yoshlar ichiga kengroq kirib borish, mehnat migrantlarini taʼsir doirasiga olish, vayronkor mazmundagi materiallarni elektron koʼrinishda tarqatish, internet orqali targʼibot oʼtkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda deb maʼlumot berib oʼtishdi. Shuningdek, tadbirda fakulьtetining Yerdan foydalanish kafedrasi professori А.Аltiev, shu kafedrani katta oʼqituvchisi А.Muqimov kabi professor-oʼqituvchilar hayotiy misollar bilan talaba-yoshlarga kerakli maʼlumotlar berib oʼtishdi. Tadbir soʼngida qimmatli vaqtini ayamay ZOOM platformasi orqali bizga oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etganliklari uchun minatdorchilik bildirib, bunday tadbirlarni yanada koʼproq hamkorlik asosida oʼtkazish rejalashtirildi. Bugungi Onlayn-muloqot tarzida boʼlib oʼtgan tadbirda talaba-yoshlar mutaxassislardan oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati