“Korrupsiyasiz soha”ga aylantirishdagi ilk qadamlar
Institut rektorining 2019 yil 3 oktyabrdagi 933 A/F-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” gi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29 oktyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani fakultetdagi barcha akademik guruh murabbiylari bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi.
Kun tartibidagi dastlabki masala bugungi kunda talabalar bilan o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsiya va ta’magirchilikning barcha ko‘rinishdagi holatlariga barham berish, unga qarshi kurashish bo‘yicha institut rahbariyati tomonidan bir qancha ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi va bu borada fakultetning aloxida dasturi ishlab chiqilganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilishda ijarada yashaydigan talabalar bilan ularning yashash joylariga borib yashash holatlarini o‘rganib mavjud muammolar bo‘yicha yordam berish guruh murabbiylari zimmasiga yuklatildi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Boymatov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov