Koʼrik-tanlov zavqi bilan

    Oʼzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida ham “Quvnoqlar va zukkolar” koʼrik-tanlovini anʼanaviy ravishda oʼtkazib borilishi yoʼlga qoʼyilgan. Unda fakultet dekani А.Fatxullaev, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari O.Habibullaev, D.Аllayorov hamda fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi А.Hamidov, fakultetning “Noiloj” jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Maʼlumki, davlat rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʼlga qoʼyish boʼyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Fakultet dekani tomonidan “Zakovat”intellektual oʼyinida gʼolib boʼlgan jamoalarga diplom va sovgʼalar taqdim etildi. Yoshlarni Vatanimiz milliy qadriyatlari, tarixiy-maʼnaviy merosimizga sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, boʼsh vaqtlarini unumli va sermazmun oʼtkazish, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni ragʼbatlantirish, qoʼllab-quvvatlash, mahoratini oshirish hamda ularning oʼz iqtidorlarini namoyon etishiga koʼmaklashish kabi maqsadlarni oʼzida mujassam etgan koʼrik-tanlov yuqori saviyada tashkillashtirildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati